Toshkentda 9-fevral kuni taxminan 22:30 da sodir bo‘lgan avariya natijasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi, to‘rt kishi esa og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Yunusobod tumanining Yangi hayot va Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Spark va Matiz avtomobillari to‘qnashgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, YTHga yo‘l harakat qoidalariga rioya etilmagani va Spark haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani sabab bo‘lgan.