“Umra-2017” bahor mavsumida 5350 nafar O‘zbekiston fuqarosi umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ziyoratchilarni 20-fevraldan 1-aprelgacha davrda yuborish rejalashtirilgan. Har bir guruh Saudiya Arabistonida 10 kunda bo‘lishadi. Bunda 4 kun Madinada, 6 kun Makkada zarur ibodatlarni ado etishadi.