Toshkentda Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 11−23-fevral kunlari yo‘l o‘tkazuvchi qurilishi munosabati bilan transport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Haydovchilardan ko‘rsatilgan muddatda shaharning boshqa ko‘chalaridan foydalanish iltimos qilindi. Jamoat transporti marshrutlarining o‘zgarishi kutilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Olti qatorli 900 metr uzunlikdagi, balandligi 6 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazuvchi Navro‘z bayramiga (21-mart) ochilishi rejalashtirilgan.