O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi 9 fevral kuni joriy haftada Toshkentda sodir bo‘lgan ikki yirik yong‘in to‘g‘risida ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi.

7 fevral kuni Yakkasaroy tumanidagi “Manas” kafe-restoranidagi yong‘in, YOXBB ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 380 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarni yo‘q qilgan. Alanganing o‘tishi natijasida qo‘shni “Parizod” MCHJ binosi tomi qurilish konstruksiyasining 370 kv. m. maydoni ham zarar ko‘rgan.

Keyingi kuni Olmazor tumanidagi Jomiy bozorida (Usta shirin savdo MCHJ) yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 6, 7 va 8-do‘konlardagi qurilish buyumlari va materiallari, umumiy maydoni 100 kv. m. bo‘lgan tom konstruksiyalari va shiftlarni yo‘q qilgan.

Har ikki ish bo‘yicha tekshiruv ishlari o‘tkazilib, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.