O‘tgan yil davomida qariyb muntazam ravishda pastlagan Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari yanvar oyida 2 foizga qimmatlab, kvadrat metri uchun 561 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Yilning birinchi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 2 foizga (599), panel turdagilari — 1 foizga (533) oshdi. Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 545 sh. b. (+2%), ikki xonali — 542 (+1%), uch xonali — 578 (+1%), to‘rt xonali — 571 (o‘zgarishsiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.