“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Pokistonning Lahor shahriga muntazam qatnovlarni bajarishni boshlaydi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Reyslar 5-apreldan quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • HY 463 Toshkent-Lahor chorshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti 10:30, Lahorga yetib borish vaqti 12:50.
  • HY 464 Lahor-Toshkent chorshanba kunlari, Lahordan uchib ketish vaqti 23:55, Toshkentga yetib kelish vaqti payshanba 02:25
  • HY 461 Toshkent-Lahor payshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti 22:40, Lahorga yetib borish vaqti juma 01:00
  • HY 462 Lahor-Toshkent juma kunlari, Lahordan uchib ketish vaqti 10:15, Toshkentga yetib kelish vaqti 12:45

Barcha bandlarda mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Aviatashuvchi xabarida qayd etilishicha, aviachiptalarni MAK saytidagi “Onlayn bronlash” bo‘limida onlayn bronlash va sotib olish, shuningdek barcha sotish shoxobchalaridan xarid qilish mumkin.