4−5-fevral kunlari O‘zbekistonning Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Tashriflar doirasida ikki mamlakatning mazkur hududlari ma’muriy rahbarlari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar ushbu ikki qardosh davlatlar va xalqlar o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarning shakllanishidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

Mintaqalararo darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qalin sherikchilik aloqalarini, xususan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tashriflar doirasida Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlarining ishlab chiqarish korxonalari va madaniy yodgorliklari O‘zbekiston delegatsiyalariga tanishtirildi.