Muqaddam Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Vohid Rahimov Samarqand hokimi bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimiyati axborot xizmati xabar qildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining 3 fevralda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev shaharni iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini oshirish zarurligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish, jumladan turar joy-kommunal sohasida yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar mavjud. Bundan tashqari, aholi bandligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqari organlari faoliyati masalalariga diqqat qaratish talab qilinadi, deya qayd etdi hokim.

Samarqandning avvalgi hokimi Akbar Shukurov boshqa ishga o‘tdi.