55 yoshdan oshgan futbol ishqibozlari yangi mavsum avvalidan boshlab Toshkentning «Lokomotiv» jamoasining uy uchrashuvlariga bepul tashrif buyurishlari mumkin, deb xabar qildi klub matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Keksa ishqibozlar kassaga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etgan holda «Lokomotiv» stadioniga bepul kirish chiptasiga ega bo‘lishlari mumkin.

«Temiryo‘lchilar» mavsumni 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida 27 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Ahli» jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan futbol mavsumida «Lokomotiv» O‘zbekiston chempionati kubogini qo‘lga kiritgan holda «oltin dubl"ni rasmiylashtirib oldi.