Sarvar Ashurov “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Harakat rasmiy saytidagi ma’lumotlar bunga guvohlik bermoqda.

Sarvar Ashurov (1982-yilda tug‘ilgan) — O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi. 2013-yildan “Kamolot” raisi o‘rinbosari va “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

“Kamolot"ning avvalgi rahbari Bahodir G‘aniyev yanvar oyi oxirida Prezident Devoni yoshlar masalalari sektori rahbari etib tayinlandi.