O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘idagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zA.
Uchrashuvda bu maskanni yanada obod qilish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravishda jalb etish haqida so‘z bordi.
Shoirlar xiyoboni shunday maskan bo‘lishi kerakki, shoirlarning she’rlari bu yerda muntazam jaranglab turishi zarur, dedi Prezident. Mamlakatdagi barcha madaniy muassasalarda she’rxonlik kechalari o‘tkazish, yoshlarning bunday uchrashuvlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.
She’riyatga oshno bo‘lgan inson aslo kam bo‘lmaydi, dedi davlat rahbari.