Juma kuni 9:37 da Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi.

Poytaxt seysmostansiyasining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer osti silkinishlarining kuchi 2 balga yaqinroqni tashkil etgan.

Olmaliqda (Toshkent viloyati) uning kuchi 2−3 balni tashkil etgan. Ayni paytda boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilingani yo‘q.

Zilzila o‘chog‘i poytaxtdan 170 km janubi-sharqda, Tojikiston hududida joylashgan. Epitsentrda magnituda 4,9 balni tashkil etgan.

Bir kun avval 23:35 da epitsentri Jizzax viloyatida joylashgan (Toshkentdan 204 km) zilzila ham qayd etilgan edi. Jizzax va Samarqandda uning kuchi 2 balni tashkil etdi. Epitsentrdagi magnituda — 4,2.