O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zA.

Qurilish ishlari 2020 yilda yakunlanadigan ilk yer usti metro liniyasining uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi.

Davlat rahbari qurilish ishlari bilan tanishar ekan, bu O‘zbekiston tarixida birinchi shu kabi loyiha ekanini ta’kidlab o‘tdi.