O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joyda qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Mazkur yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lib, 6 polosali hisoblanadi.

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda.

Ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.