Bahromjon A’loyev O‘zbekistonning Quvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bunga qadar Bahromjon A’loyev O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasida maslahatchi — muvaqqat ishlar vakili bo‘lib ishlagan. 2008−2012-yillarda diplomat O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan bo‘lsa, ungacha Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.