1-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi Bosh assambleyasida yangi rahbariyat tarkibi saylandi, deb xabar qilindi assotsiatsiyadan “Gazeta.uz"ga. To‘rt yillik paralimpiya davrasida bosh prokuror o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov assotsiatsiyaga raislik qiladi.

Uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Umid Ahmatjonov qayta saylandi. Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi fakulteti dekani Muxtorxon Toshxo‘jayev va paralimpiya assotsiatsiyasini 2013-yildan buyon boshqarib kelgan sobiq rais Asatilla Salimov o‘rinbosar etib saylandi.

Konferensiyada assotsiatsiyaning 2013−2016-yillardagi paralimpiya davrasi davomidagi faoliyati to‘g‘risida hisobot tinglandi.