2−4-fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, 3 fevralda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir, 3−4-fevral kunlari qorga aylanishi kutilmoqda. 4−6-fevralda havo harorati keskin tushib, kechasi −12…−7, kunduzi — −5…0 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 3-fevral kuni — yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-fevral kuni kechasi +2…+4, kunduzi +6…+8, 3-fevral kuni kunduzi va kechasi — 0…+2 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududida havo o‘zgarib turadi, 2−3-fevral kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi, 4−5-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi −8…−3 dan −12…−7 gacha atrofida, kunduzi 2 va 5-fevral kunlari — 0…+5, 3−4-fevral kunlari −6…−1 daraja atrofida bo‘ladi. Ustyurt bo‘ylab kechasi −10…−5 dan −17…−12 gacha, kunduzi 3−4-fevral kunlari — −10…−5, 5-fevralda — −5…0 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir, 3-fevral kuni yomg‘ir qorga aylanib yog‘adi, 4−5-fevral kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3-fevral kuni 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-fevral kuni −2…+3, kunduzi — +2…+7 daraja, 3-fevral kuni kechasi va kunduzi −3…+2 daraja, 4−5-fevral kunlari kechasi — −12…−7, kunduzi — −5…0 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-fevral kuni yomg‘ir, 3 fevral kuni yomg‘ir qorga aylanib yog‘adi, 4-fevral kuni ayrim joylarga qor tushishi mumkin, 5-fevral kuni yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−4-fevral kunlari 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-fevral kuni kechasi — 0…+5, kunduzi — +4…+9 daraja, 3-fevral kuni kechasi va kunduzi — 0…+5; 4-fevral kuni kechasi −7…−2, kunduzi — −5…0; 5-fevral kechasi — −7…−12, kunduzi −2…+3 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-fevralda yomg‘ir, 3-fevralda yomg‘ir qorga aylanib yog‘adi, 4-fevral kuni bir oz qor tushishi mumkin, 5-fevral kuni yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−4-fevral kunlari 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-fevral kuni kechasi — 0…+5, kunduzi — +5…+10 daraja, 3-fevral kuni kechasi va kunduzi — 0…+5; 4-fevral kechasi va kunduzi −5…0; 5-fevral kuni kechasi — −12…−7, kunduzi −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2-fevral kuni yomg‘ir, 3-fevral kuni yomg‘ir qorga aylanib yog‘adi, 4-fevral kuni bir oz qor tushishi mumkin, 5-fevral kuni yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−4-fevral kunlari 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-fevral kuni kechasi −2…+3, kunduzi — +2…+7 daraja, 3-fevral kunlari kechasi va kunduzi — 0…+5 daraja; 4−5-fevral kunlari haroratning −12…−7, kunduzi −5…0 gacha tushishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2−4-fevral kunlari qor yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi va qor ko‘chkilarini keltirib chiqarishi mumkin, 5-fevral kuni yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−4-fevral kunlari 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-fevral kuni −10…−5, kunduzi — −5…0 daraja, 3−4-fevral kunlari kechasi −13…−8, kunduzi — −7…−2 daraja, 5-fevral kechasi −13…−8, kunduzi — −10…−5 daraja bo‘ladi.