Qarshining “Nasaf” futbol klubi 31-yanvar kuni Osiyo chempionlar ligasi OFK-2017 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Bahraynning “Al-Hidd” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 4:0 hisobida yakuniga yetdi.

Akmal Shorahmedov uzatgan jarima to‘pini Shahboz Erkinov boshi bilan raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, ayni shu vaziyat yana takrorlandi. Faqat bu gal Igor Golban golga mualliflik qildi: 2:0.

O‘yinning ikkinchi yarmida “Nasaf” jamoasi a’zolari Doniyor Narzullayev va Dragan Cheran raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llab, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. 7-fevral kuni qarshilik futbolchilar Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubi mehmoni bo‘ladi.

Foto