O‘zbekistonlik bokschi Davron Quronboyev 29-yanvar kuni Filippinda professional ringdagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deb xabar qildi BoxRec sayti.

Quronboyev (1−0−0, 1 KO) filippinlik bokschi Arben Eskayoga (1−7−0, 1 KO) qarshi ringga chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi jangning dastlabki soniyalaridanoq muddatga oldin g‘alabani qo‘lga kiritishga kirishdi: raqibiga yaqinlashib ko‘p sonli zarbalarni berishga intildi. Natijada birinchi raund yakunidayoq uni nokautga uchratdi.

Video