O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar — Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deb xabar qildi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident tavalludi munosabati bilan Samarqand va Toshkentda tashkil etilgan marosimlarda ham ishtirok etdi.