O‘zbekistonlik Denis Istomin Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida 80-o‘ringa ko‘tarildi. Yangilangan reyting tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

23-yanvar kuni Istomin shveysariyalik Rojer Federer (10) g‘olib chiqqan Avstraliya Ochiq chempionati to‘rtinchi davrasi uchrashuvida bolgariyalik Grigoriy Dimitrovdan (13) mag‘lub bo‘ldi. Biroq 30 yoshli tennischi mazkur musobaqada jahonning ikkinchi raqamli raketkachisi serbiyalik Novak Jokovichni yengib, haqiqiy sensatsiyani amalga oshira oldi. Shuningdek u xorvatiyalik Ivan Dodig (158) va ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani (26) ham mag‘lubiyatga uchrata oldi.

Istomin Australian Open musobaqalaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki evaziga 220 ming AQSH dollarini ishlab oldi va ATP reytingida 37 pog‘ona ilgarilab, 80-o‘rinni band qildi. Britaniyalik Endi Marrey reyting yetakchiligini saqlab qoldi.

ATP’ning 30-yanvardagi reytingi

1 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) — 11540 ochko

2 (2). Novak Jokovich (Serbiya) — 9825

3 (4). Sten Vavrinka (Shveysariya) — 5695

4 (3). Milosh Raonich (Kanada) — 4930

5 (5). Key Nisikori (Yaponiya) — 4830

6 (9). Rafael Nadal (Ispaniya) — 4385

7 (7). Marin Chilich (Xorvatiya) — 3560

8 (8). Dominik Tim (Avstriya) — 3505

9 (6). Gael Monfis (Fransiya) — 3445

80 (117). Denis Istomin (O‘zbekiston) — 668

367 (367). Sanjar Fayziyev (O‘zbekiston) — 123

409 (407). Temur Ismoilov (O‘zbekiston) — 104

737 (737). Xumoyun Sultonov (O‘zbekiston) — 29

761 (761). Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston) — 26