O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabriyelni Germaniya Federativ Respublikasining Federal tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tabrik maktubida an’anaviy do‘stona, serqirra va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlashishi va rivojlanishiga ishonch bildirildi.

“Sizning Federal iqtisodiyot va energetika vaziri sifatida ulkan ish tajribasiga egaligingizni inobatga olgan holda biz mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion-texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish va oshirishga umid qilamiz”, — deya ta’kidlanadi maktubda.