O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisi uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalarini sotishda maxsus imtiyozli tariflar joriy etiladi. Bu 2017−2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida 18-yanvarda tasdiqlangan Prezident qarorida o‘z aksini topgan (hujjat Lex.uz saytiga joylashtirilgan).

Orolbo‘yi aholisi uchun chiptalarni sotishning yangi tartiblari 1-fevraldan kuchga kiradi. Bunda Moliya vazirligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘lovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus imtiyozli tariflarni tasdiqlash vazifasi topshirildi.