Toshkent hayvonot bog‘ida birinchi marta qora oqqushlar bolaladi, deb xabar qildi hayvonot bog‘i Facebookdagi sahifasida.

“Qishgi qushxonada bir necha kun davomida birin-ketin beshta momiqchalar dunyoga keldi”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan yili ham qora oqqushlar tuxum qo‘ygan edi, biroq polaponlar chiqmadi.

Hayvonot bog‘ida yangi yilning birinchi kunlari korellalar va ola chipor to‘tiqush polaponlari tuxumdan ochib chiqib, lamalar ham bolaladi.