Nozim Husanov Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga poytaxt hokimiyati sayti guvohlik bermoqda.

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimiyatlari tuzilmasiga yangi lavozim O‘zbekiston Prezidentining 22-dekabrdagi farmoni bilan tadbiq etilgan.

Nozim Husanov (1976-yil tug‘ilgan) o‘tgan yilning bahoridan hokimning Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

2014−2016-yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi, 2013−2014-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2010−2011-yillarda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (sirtqi bo‘lim, 2002) bitiruvchisi.