Uzbekistan GTL korxonasi sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurilishiga kirishdi, deyiladi loyiha rasmiy saytiga joylashtirilgan xabarda.

Uzbekistan GTL pudratchilar konsorsiumini suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha “OLTIN YO’L GTL” zavodi qurilishini davom ettirish ishlari boshlangani to‘g‘risida xabardor qilgan.

Yuborilgan xabarnomada batafsil loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish, xaridlarni tashkil etish va Qashqadaryo viloyatidagi qurilish maydonchasida asosiy qurilish-montaj ishlarini boshlash nazarda tutilgan.

2016_yil so‘ngida O‘zbekiston Prezidentining ““Sho‘rtan GKM metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Avval xabar qilinganidek, GTL zavodi qiymati 4 mlrd dollarga yaqinroqni tashkil etadi. Tozalangan metan gazidan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish (gas-to-liquid, GTL texnologiyasi) bo‘yicha zavod Sasol texnologiyasi asosida faoliyat olib boradi. Loyiha O‘zbekistonda qazib olinadigan gazdan ichki bozor va eksport uchun yiliga 1,5 million tonna dizel yoqilg‘isi, kerosin, naft va siqilgan neft gazi ishlab chiqarishga imkon beradi.