«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi joriy yilda asosiy metro bekatlari yaqinidagi avtobuslarning so‘nggi bekatlarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbariyati poytaxt hokimiyatida payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

So‘nggi bekatlar shahar va shahar atrofi yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish va metropoliten faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida bunyod etiladi va rekonstruksiya qilinadi.

«Toshshahartransxizmat» ma’lumotlariga ko‘ra, gap metroning «Beruniy», «Olmazor» (sobiq «Sobir Rahimov»), «Do‘stlik» («Chkalov») va «Shahriston» («Habib Abdullayev»), shuningdek, «Chorsu» va «Paxtakor» bekatlaridagi so‘nggi bekatlar haqida ketmoqda.

1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtida 2078 ta oraliq avtobus bekatlari hisobga olingan bo‘lib, ularning 101 tasi to‘liq oynavand hisoblanadi. 20 dan ziyod bekatlar elektron tablolar bilan ta’minlangan, yil oxiriga qadar yana 100 ta tablo o‘rnatilishi kutilmoqda.

Shahar avtobus yo‘nalishlarining joriy uzunligi 2694 km, marshrut taksilari — 3773 km, metropoliten — 36,1 km ni tashkil etmoqda.