O‘zbekiston “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi Bahodir G‘aniyev Prezident Devonining yoshlar masalalari sektori rahbari etib tayinlandi. “Kamolot” “Gazeta.uz"ning ushbu ma’lumotini tasdiqladi.

39 yoshli Bahodir G‘aniyev 2010-yildan buyon yoshlar harakatini boshqarib kelmoqda. 2009-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti bitiruvchisi.