O‘zbekistonning barcha hududlarida birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi O‘zA. Ular 30-yanvar — Islom Karimov tug‘ilgan kuni arafasida tashkil etilmoqda.

Tadbirlarni tashkil etishda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va boshqa tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov davlat mustaqilligining asoschisi, atoqli davlat va siyosat arbobi sifatida mamlakat tarixida qolishi ta’kidlandi.