Har bir millatning milliy taomi o‘zgacha mazali. Serquyosh o‘lkamizning har bir hudud, viloyati o‘zining turli tuman taomlariga ega. Buxoroda «Oshi so‘fi», Xorazmda «Tuxum barak», Jizzaxda «Salla somsa» va Samarqand nonlari shular jumlasidandir.

Sanab o‘tilgan taomlar aslidek mazali bo‘lishi uchun o‘z muhitining tabiati, suvi, tayyorlash usuli va eng muhimi — kerakli masalliqlarning to‘g‘ri tanlanishi kabi, boshqa yerda topib bo‘lmas shart-sharoitlar lozim. TAOM24.uz loyihasi taklif qilayotgan tandir kabob yuqoridagi shartlarga mos keladi.

Tandir kabob tayyorlanishida ishlatiladigan qo‘y-qo‘zilar erta tongdan to qosh qoraygunga qadar 100 dan ortiq bo‘lgan turdagi o‘t-o‘lanlardan oziqlanadi, daryo o‘zani va buloqlardan suv ichadi. Shuningdek, ular har kuni 10−15 km masofada harakatlanib, o‘tlashi ulardan tayyorlanadigan tandir go‘shtining beqiyos mazali bo‘lishiga sabab hisoblanadi.

Bundan tashqari, tandir kabob tayyorlanishida tabiiylikka ko‘prok e’tibor qaratiladi. Hech qanday zamonaviy ta’m beruvchi vositalarsiz, sous, mayonezlarsiz faqatgina tog‘ archasi-yu, tog‘ zirasidan foydalaniladi.

Yaqinda tandir go‘sht muxlislari uchun maxsus zamonaviy xizmat: uydan chiqmay turib, vebsayt hamda Telegram-bot yordamida buyurtma qilish imkoni taqdim etildi.

Buning uchun TAOM24.uz saytiga tashrif buyurish yoki Telegram dasturidan @Tandir_BOT'ni izlab, tandir go‘shtini buyurtma qilaverish mumkin.

Buyurtma qiling, ta’tib ko‘ring va o‘zingiz baho bering. Loyiha mualliflari fikr va mulohazalaringizni, taklif va shikoyatlaringizni kutadi:

Restoran, mehmonxona menejerlari hamkorlikka chorlanadi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.