Toshkentda O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasidagi chorraha qaytadan ochilmoqda. Chorshanba kuni bu yerda yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanib, asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Chorraha svetoforsiz harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopilib, ular so‘nggi yillarda poytaxtda yo‘l qurilishi sohasidagi eng bahsli yechimlardan biri — aylanishlar bilan almashtirilgan edi. Yo‘llar o‘rtasidagi to‘siqlar ko‘rishni cheklab, ko‘plab yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘layotgan, haydovchilar aylanish uchun qatnovning uchinchi qatorini ham band qilishga majbur bo‘layotgan edi.