19−23-yanvar kunlari Monte-Karloda (Monako) 41-xalqaro sirk san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ishtirok etgan Sky Angels dueti Kristianna Vorobyova va Rustem Osmanov sirk “Oskari” deb ataluvchi “Oltin masharaboz” sanoatining oliy mukofotiga loyiq deb topildi.

1974-yildan buyon har yili muntazam o‘tkazib kelinayotgan festival jahonda eng nufuzli sirk forumi hisoblanadi. Unda 16 davlatdan 120 dan ziyod artistlar ishtirok etdi. Oliy mukofotdan tashqari, Sky Angels dueti yana ikki, jumladan, eng yaxshi musiqiy jo‘rlik maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi.

“Biz o‘z nomerimizni 5 yil avval o‘ylagan edik va hozirgacha uni takomillashtirishga harakat qilamiz, — dedi Kristianna Vorobyova “Gazeta.uz"ga. — Biz tishda osilgan holda chiqish qiladigan O‘zbekistondagi yagona havo gimnastikachilarimiz. O‘ylaymizki, sirkda artist o‘z tomoshabinini hayratlantirishi va zavqlantirish kerak. Festivalda bizning ishtirokimizda ikkida tanlov chiqishi bor edi. Fransuz tomoshabinlari bizni gulduros olqishlar bilan qabul qildi. Knyazlar oilasi — Monako knyazi Alber II va Monako qirolicha Stefaniya — tik turgan holda olqishladi! Barcha buni katta yutuq dedi. Biz barchani o‘z san’atimiz va mahoratimiz bilan hayratga solganimizdan mamnunmiz”.

Video