Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga (MXX) murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

«Mazkur imkoniyat so‘zsiz fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z muammolarini ortiqcha byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tgan holda tez va sifatli hal etishlariga yordam beradi», — deyiladi portal xabarida.

«Ushbu imkoniyatning amalga oshirilishi mamlakatimizda „Elektron hukumat“ tizimini shakllantirishda qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir», — deya qo‘shimcha qilingan xabarga.

Qayd etish joizki, MXX o‘z vebsaytiga ham, Gov.uz hukumat portalida bo‘limiga ham ega emas.