18−21-yanvar kunlari Orenburgda (Rossiya) 17−18 yoshli sportchilar o‘rtasida Shimoliy okrug ma’muriyati sovrini uchun XXI xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan 100 nafardan ziyod bokschi ringga ko‘tarildi, deb xabar qildi Boks federatsiyasi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bir oltin, ikki kumush va to‘rt bronza, jami yetti medalni qo‘lga kiritdi. Xudoynazar Fayzov (49 kg gacha vazn toifasida) birinchilik chempioni bo‘ldi. Navo Tamazov (66 kg gacha) va Jamshidbek Mahamadaliyev (91 kg gacha) turnir kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Abdulla Kamolov (52 kg gacha), Umirzoq Ochilov (56 kg gacha), Timur Saidov (60 kg gacha) va Asadbek Shodiyev (64 kg gacha) bronza medalini qo‘lga kiritdi.