23−27-yanvar kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan media-haftalik doirasida 2017−2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi muhokama qilinadi.

Media-haftalikning besh kuni strategiyaning besh ustuvor yo‘nalishi: 1) davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, 2) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, 3) iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, 4) ijtimoiy sohani rivojlantirish, 5) xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishga bag‘ishlanadi.

Mazkur tadbirlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari, diplomatlar, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.