O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin (jahon reytingida 117-o‘rin) 21-yanvar kuni Avstraliya Ochiq chempionati uchinchi davrasi doirasida ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani (30) mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekistonlik sportchi besh set davom etgan uchrashuv natijalariga ko‘ra 3:2 (4/6, 6/4, 4/6, 6/4, 2/6) hisobida g‘olib chiqdi.

3 soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda Istomin 16 ta eysni amalga oshirib, ikki marotaba ketma-ket xatolikka yo‘l qo‘ydi, 51 ta “vinners"ni yutib, 53 marta xato qildi va 5 ta breykni sodir etdi. Uning raqibi esa 3 ta breyk va 62 ta xatoga yo‘l qo‘ydi.

30 yoshli Istomin bunga qadar Australian Open musobaqasining amaldagi chempioni Novak Jokovichni (2) mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l olgan edi.

1/8 finalda Istomin Grigor Dimitrov (Bolgariya, 15) — Rishar Gaske (Fransiya, 18) juftligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

Video