Samarqandda qurilayotgan to‘rtta tramvay tarmog‘i uzunligi 34,8 kilometrni tashkil etadi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Qurilish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Noyabrda boshlangan birinchi bosqichda temir yo‘l vokzalidan Sartepa mavzesigacha 6,4 kilometrlik temir yo‘l izlari yotqiziladi. Mazkur liniyada ikkita halqa yo‘li, to‘rtta tortuvchi nimstansiya va bitta depo qurilishi ko‘zda tutilgan. Shundan so‘ng qurilish ishlari temir yo‘l vokzalidan Siyob bozoriga qadar davom etadi. Mazkur yo‘nalish uzunligi 5 kilometrni tashkil etadi.

Ikkinchi bosqichda tramvay tarmog‘i vokzaldan Spitamen ko‘chasi orqali Superfosfat zavodigacha 12,4 kilometrlik yo‘l bunyod etiladi. Vokzal va zavod Narpay ko‘chasi orqali o‘tuvchi 11 kilometrlik yana bir liniya bilan o‘zaro bog‘lanadi.

Tramvaylar harakati mart oyida ishga tushiriladi. Samarqandga tramvaylarni qaytarish tashabbusini oktyabr oyida o‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi. Bu yerda 2011−2012 yillarda poytaxt uchun xarid qilingan, o‘tgan yilning may oyida tramvaylar harakati to‘xtatilgandan keyin bu yerga yuborilgan Chexiyaning Vario LF vagonlari aholiga xizmat qiladi.