Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 21−22-yanvar kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi, mamlakatning janubiy, markaziy va sharqiy qismlarida kunduzgi havo haroratining tushishi kutilmoqda.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol g‘arbga o‘zgargan holda 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s ga qadar kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi — 0…+2, kunduzi — +2…+4 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududida havo o‘zgarib turadi, 21-yanvar kuni yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 22-yanvarda ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi −10…−5 dan −5…0 gacha, kunduzi — 0…+5 dan −5…0 gacha atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi — +2…+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi 21-yanvarda — +2…+7, 22-yanvarda — 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi − 0…+5, kunduzi — +4…+9 daraja atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-yanvar kuni yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, 22 yanvarda ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Joylarga tuman tushishi ehtimoli bor. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-yanvarda −5…0, 22-yanvarda −3…+2, kunduzi — +2…+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘chki bo‘lishi xavfi mavjud. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi −8…−3, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi.