20-yanvar kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” bekatini qayta tiklash ishlari boshlandi.

Metroning Chilonzor yo‘nalishidagi eng so‘nggi bekat nomi bilan nomdosh bo‘lgan bekat majmuasi 2015 yil iyulida yopilgan edi. Bir yarim yil davomida yo‘lovchilar oraliq masofasi 800 metr bo‘lgan “Musavvirlar” yoki “Siyosatshunoslik instituti” bekatlariga borishga majbur bo‘layotgan edi.

Qayta tiklanayotgan bekat avvalgiga nisbatan yer osti o‘tish yo‘lidan chiqishga yaqinroq joylashgan. Hozirda bu yerda chim qoplama olinib, maydonchaga asfalt yotqizildi va bo‘lg‘usi bekat majmuasining metall sinchlari o‘rnatildi.