Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi biznes va tadbirkorlik vakillari o‘rtasida onlayn-savolnoma o‘tkazmoqda.

Savolnomani o‘tkazishdan maqsad AKT sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik va biznes sub’ektlari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash, byurokratik to‘siqlarning oldini olish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganishdan iborat.

Savolnoma «Telekommunikatsiya (aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televideniye)», «Pochta aloqasi», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari („elektron hukumat“, dasturiy ta’minot)», «Axborot xavfsizligi», «AKT sohasida kadrlarni tayyorlash» va «Boshqalar» bo‘limlaridan iborat.