O‘zbekiston Prezidentining 17-yanvardagi qarori bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Shohruh Shorahmedov rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Shohrux Shorahmetov bunga qadar Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi davlat rahbarining 2 dekabrdagi farmoni bilan “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bazasida tashkil etilgan edi.