Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev 18-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromovni qabul qildi, deb xabar qildi Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati.

Adham Ikromov O‘shda 15−17-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

Chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida pozitsiyalarni aniqlab olish bo‘yicha dekabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvida kelishib olingan edi.

Uchrashuvda hamkorlikning yanada ustuvor sohalarida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.