12−18-yanvar kunlari Olmaotada (Qozog‘iston) matematika, informatika va fizika bo‘yicha XIII Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 18 mamlakatdan 182 nafar maktab o‘quvchisi, jumladan, O‘zbekistondan 7 vakil ishtirok etdi, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi “Gazeta.uz"ga.

Matematika musobaqalari yakunlari bo‘yicha Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-akademik litsey vakili Abdumalik Abduqayumov 42 baldan 20 ball to‘plagan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Xuddi shu litsey o‘quvchisi Sirojiddin fizika bo‘yicha olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi Temurbek Xo‘jaqulov esa informatika bo‘yicha musobaqa bronza medali sovrindori bo‘ldi.