Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasini tayyorladi.

Adliya vazirligidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilinishicha, loyihada adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, davlat boshqaruvi, joylardagi davlat hukumati organlari va davlat muassasalaridagi yuridik xizmatlar shtatlar soni bo‘yicha tanqidiy tahlillarni o‘tkazish taklif qilinmoqda. Ularf aoliyati shtatlar miqdori va bajarilgan ishlar hajmi o‘rtasidagi muvofiqlikka ko‘ra baholanadi.

Tahlillar natijalari bo‘yicha yuridik xizmatlarning shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan organ va tashkilotlardagi bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari mansab maoshiga yuridik xizmatlar rahbarlari va xodimlari mehnatiga to‘lovlar razryadlarini tenglashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasidan ko‘zlangan maqsad yuridik xizmatlar maqomini oshirish va yuridik maslahatchilar faoliyatini tashkil etish holatini yaxshilashdan iborat.