2016-yilda O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulotlari va xizmatlari hajmi 6,6 foizga o‘sdi, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Yil davomida respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida 8, 263 million tonna don ekinlari ishlab chiqarildi (2015 yildan 1,1 foizga ko‘p).

Respublikada kartoshka ishlab chiqarish 2,958 million tonna (109,7%), sabzavotlar 11,272 million tonna (111,3%), oziqbop poliz 2,045 million tonna (110,4%), mevalar va rezavorlar 3,042 million tonna (110,8%) va uzum 1,735 million tonnani (109,9%) tashkil etdi.

Ushbu davrda tirik vaznda 2,171 million tonna go‘sht (+6,8 foiz), sut 9,703 million tonna (+7,5 foizga), tuxum 6,111 million dona (+10,6 foizga) ishlab chiqarildi.

Shuningdek, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12,165 million boshni (+4,5 foiz), qo‘y va echkilar — 19,749 million boshni (+3,4 foiz), parrandalar — 65,758 million boshni (+7,7 foiz) tashkil etdi.

Baliq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlari hajmi 246,5 mlrd so‘mni (+21,6 foiz) tashkil etdi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 75,9 ming tonna (+26,5 foiz) baliq tutildi.