O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Moskvada Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Yuriy Chayka bilan uchrashdi, deb xabar qilindi RF Bosh prokuraturasi saytida.

Tomonlar ikki mamlakat prokuraturalarining ikki tomonlama hamkorligi hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining MDHga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatidagi ishtiroki masalalarini muhokama etishdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Rossiya Bosh prokuraturasi Akademiyasi Oliy o‘quv kurslari o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro tushunish va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.