Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonda havo sharida osmonga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha Chimyon tizmasida “faol dam olish hududi"ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Keyinchalik esa butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yanvar oyi avvalida Adliya vazirligi Aeronavtika federatsiyasi — nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur federatsiya havoda uchish va havoda uchish sportini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

“Havo sharida parvoz qilish, ehtimol, ko‘p million bolalardagi kabi mening ham orzuim edi, — dedi yangi federatsiya raisi Tohir Soliyev “Gazeta.uz"ga. — Mazkur orzuni amalga oshirishga erishdim va buni boshqalar bilan bo‘lishishni istayman”.

Loyiha uchun Rossiyaning “Rusbal” ilmiy ishlab chiqarish korxonasidan dastlabki uchta havoda parvoz qilish uskunasi jamlanmasiga buyurtma berildi.

“Biz tashkiliy masalalarni hal qilish, nafaqat daromad ko‘rish, balki jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz imidjini faol targ‘ib qilish uchun katta imkoniyat taqdim etuvchi ishga mablag‘ kiritishni istovchi homiylarni ham izlayapmiz”, — deb qayd etdi Tohir Soliyev.

Birinchi havo sharini kuz oylarida Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida havoga uchirish rejalashtirilmoqda. Keyingi rejalar qatoridan Havoda uchish bo‘yicha 2018 yoki 2019-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish ham o‘rin olgan.