O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga “Boing 747” yuk samolyoti falokatga uchrab, ko‘plab insonlar, jumladan, bolalar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

16-yanvar kuni Gongkongdan Bishkekka reysni amalga oshirayotgan Turkiya aviakompaniyasining Boeing-747 yuk samolyoti noqulay ob-havo sababli Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi “Manas” aeroportiga qo‘nishda halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 nafarga yaqin kishi, jumladan, yosh bolalar hayotdan ko‘z yumdi, 15 kishi shifoxonaga yotqizildi.