Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahridagi “O‘ztemiryo‘lmashta'mir” korxonasi vagon-g‘ildirak ustaxonalari bazasida ekskvatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodi bunyod etiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni shu haqdagi qarorni (PDF) imzoladi.

Loyihani 2017−2018-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunda joriy yilning 1-apreliga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati Vazirlar Mahkamasiga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash uchun kiritishi lozim. 1-iyulgacha “O‘zbekiston temir yo‘llari"ga qurilish bilan bir qatorda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berildi.

Bunga qadar ekskvatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini Yangiyerda qurish rejalashtirilgan edi. Loyihaning hisob qiymati 29 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Zavod “O‘zbekiston temir yo‘llari” mablag‘lari evaziga bunyod etiladi.