O‘zbekistonda milliy ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalari va tibbiy buyumlariga belgilangan narx chegaralari tasdiqlandi. Ular ro‘yxati Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.

Prezidentning 31-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, narxlar Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash Respublika komissiyasi tomonidan belgilandi. Ro‘yxatdan jami 116 nomdagi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, 227 nomdagi xorijdan import qilinadigan dori-darmon vositalari o‘rin olgan.

Yaqin vaqtlarda import qilinuvchi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga belgilangan narxlar e’lon qilinishi kutilmoqda.